Jizzax viloyati· 41 km
Tuzkon – Jizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax shahridan 56 km shimoli-gʻarbda. Nurota tizmasining tarmogʻi – Pistali togʻdan sharqroqda…
Арнасайские озёра · Arnasay Lakes
Jizzax viloyati
Rasm: NASA · Public domain
Arnasoy koʻllari — Mirzachoʻl bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi koʻllar. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan tektonik botiqda. Koʻllar tubining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Koʻllar vujudga kelgunga qadar uning oʻrni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan toʻlib bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, oʻrtacha chuqurligi 1-3 m. Arnasoy koʻllariga Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi orqali shoʻr zovur suvlari ham kelib quyiladi, shoʻrligi 1 litrda 4-5 g. Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllaridan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali Aydar kuliga oqib oʻtadi. Koʻllar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda suzuvchi qushlar, tovon baliq, zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.
WikipediaJizzax viloyati· 41 km
Tuzkon – Jizzax viloyatidagi koʻl. Jizzax shahridan 56 km shimoli-gʻarbda. Nurota tizmasining tarmogʻi – Pistali togʻdan sharqroqda…
Jizzax viloyati· 42 km
Arnasoy davlat ornitologiya buyurtma hududi – Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻlida 1983-yilda tashkil etilgan. Maydoni 635,000 ga ga teng.…
Sirdaryo viloyati· 81 km
Sardoba suv ombori — Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatida qurilgan suv ombori. 2017-yil Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi…
Jizzax viloyati· 89 km
Haydarkoʻl — Nurota tizma togʻlarining shimoliy etagidagi koʻl. Haydarkoʻl 1960-yillar oxirida asosan Janubiy Qozogʻistonning Chordara suv…