QAYERGA
BORAMIZ?
Boshqa qiziqarli joylar

Balyand Mosque

Соборная мечеть Мечеть Балянд · Masjidi baland jom`e masjidi

Buxoro viloyati

Tavsif

Baland masjid — Buxoro shahridagi guzar masjidi. Bino murabba tarhli, qalin devorli. Masjid harsang toshlar ustiga qurilgan. Baland masjid ning shim. va sharqiy tomonlari naqshin shiftli ayvon bilan oʻralgan. Ichki devorlarining pastiga chiroyli izoralar qoplangan. Sharq tomondagi toʻq yashil rangli izoralarga 6 burchakli koʻk sopol koshinlar terilgan. Gʻishtchalar atrofiga nozik oʻsimliksimon shakllar chizilib, ustidan oltin suvi yuritilgan. Devorning gʻarbiy tomonidagi izoralar koshin bilan qoplangan va kundal usulidagi naqshlar bilan hoshiyalangan. Baland masjid derazalaridagi panjaralar sopol gʻishtchalardan terilgan. Mehrobining atrofi sirkor sopolchalar bilan bezatilgan va ularga oltin suvi yuritilgan. Uning yon tomonlari va tepasiga toʻgʻri burchakli sopolchalardan suls xati bilan yozuvlar bitilgan. Yozuvlar tepasiga, shiftga yaqinroq joyga muqarnaslar ishlangan, ularga ham oltin suvi yuritilgan. Devorlardagi rasmlar hali ham avvalgidek yaltirab turibdi. Baland masjidning shifti toqili, hovuzakli boʻlib, naqshlar bilan bezatilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan. Keyingi davrlardagi meʼmorlar Baland masjidning bezaklaridan namuna koʻchirganlar. Baland masjid bezaklarining zarlari toʻkilib, naqshlari koʻchib, qorayib qolgan. Baland masjid bir necha bor taʼmirlangan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Balyand Mosque · QAYERGA BORAMIZ?