Circus
Цирк
Toshkent, Toshkent shahri
Tavsif
Toshkent davlat sirki - oʻzbek va boshqa davlatlar sirk artistlarining chiqishlarini namoyish etuvchi yirik statsionar sirklardan biri. Olim va sayyohlarning esdaliklarida Toshkentda sirk tomoshalari muallaqchi, nayrangboz, yovvoyi va uy hayvonlarini oʻrgatuvchi kishilar mahorati bilan boshlangani haqidagi tafsilotlar, rivoyatlar saqlangan. Xalq sayillarida, bozor va guzarlarda dorboz va simbozlar, jonglyorlar, polvon va besuyaklar oʻz sanʼatlarini namoyish etganlar. Ayniqsa, dorbozlik keng rivoj topgan. XIX asr oxirida Toshkentda gastrolda boʻlgan F. Yupatov, V. Sobolevskiy, A. Farrux, R. Kapito, Ye. Gamkrelidze va boshqalarning antreprenyor truppalari muvaqqat binolarda tomosha koʻrsatgan. Toshkent yarmarkalarida bir vaqtda 3—4 ta sirk tomoshasi, jumladan, oʻrgatilgan hayvonlar bilan ham tomosha koʻrsatilgan. Eski shaharda 10 ming tomoshabinga moʻljallangan ochiq sirk ishlab turgan. 1913-yildan sirk truppalarining tomoshalari "Kolizey" binosida koʻrsatila boshladi. 1914-yil oxirida Voskresenye bozori hududi yaqinida F. Yupatovning yogochdan ishlangan statsionar sirk binosi qurildi. Bu yerda yevropalik va rus artistlari bilan birga oʻzbek artistlari, jumladan, Yusufjon qiziq Shakarjonov, akrobatchi, raqqosa, chavandoz Ye. Yupatova va boshqa ham tomosha koʻrsatganlar. Toshkent sirkining birinchi badiiy rahbari va direktori — A.V. Lapiado. 1928-yil Karim Zarifov "Kizil Sharq" sirk truppasini tashkil etdi. 1930-yil Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻiston sirklari birlashtirilgan davlat sirklari markaziy boshqarmasi tuzildi. 1941—44 yillar Toshkent sirki qoshida Abdulla Gismatulin rahbarligidagi akrobatika studiyasi ishladi. 1942-yil oktabrda oʻzbek sirki jamoasi tuzildi. Bu yerda Yusufjon qi^iq, dorbozlar — Toshkanboyevlar, chavandozlar — Zarifovlar, Rahmonovlar, Xoʻjayevlar, gimnastlar — Madaliyevlar, keyinroq qiziqchi va akrobat Yusupovlar, rus masxarabozlaridan G. Zastavnikov, P. Borovikov va boshqa ishladilar. 1950—56 yillarda Toshkent sirki badiiy rahbari — Erkin Toshkanboyev, 1976—90 yillar Obidjon Toshkanboyev. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin vaqtinchalik shapito sirki ishlab turdi.
WikipediaXarita
O‘xshash joylar
Ko‘ngilochar markazlarToshkent· 293 m
Oʻzbek milliy akademik drama teatri – Oʻzbekistonda yangi sahna sanʼatini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr…