QAYERGA
BORAMIZ?
Ko‘llar va sharsharalar

Dengizk'ol

Денгизкуль · Dengizkul

Buxoro viloyati

Tavsif

Dengizkoʻl — Buxoro viloyati Olot tumanidagi koʻl. Oʻrta asrlarda „Borgini farox“, yaʼni „Katta koʻl“ deb yuri-tilgan. X asr yozma manbalarida Dengizkoʻl „Qorakoʻl“, „Buxayrayi Somjan“ nomlari bilan atalgan. X asrda arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan Oʻrta Osiyo haritasida „Baxr ul-Buxoro“ nomi bilan koʻrsatilgan. Muhammad Narshaxiy bu koʻl haqida „kengligi yigirma farsax boʻlib, Buxoro daryosining ortiq-cha suvi shu koʻlga yigʻilgan, unda suv jonivorlari kup, butun Xurosonda bu yerdagidek miqdorda qush va baliq tutilgan emas“, deb yozgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Dengizk'ol · QAYERGA BORAMIZ?