Toshkent· 451 m
Oybek haykali – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental sanʼat yodgorligi. Obyekt davri: 2015-yil. Toshkent shaharning…
Toshkent, Toshkent shahri
Rasm: Bobyrr · CC BY-SA 4.0
Abulqosim (Eshon) madrasasi – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. XIX asrda madrasani qurdirgan shayx Abulqosim eshon nomi bilan atalgan. Dastlab masjid, hammom va madrasani oʻz ichiga olgan majmua edi. Majmua joylashgan joy avval „Yangi mahalla“ deb atalgan va jamoat markazlaridan biri boʻlgan. Eng eski bino Moʻyi Muborak xonaqohi 1820-yil bunyod etilgan, 1850-yil madrasa qurilgan. Dastlab bir qavatli boʻlgan. Madrasa chortoq tarhli, hovlisi atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, toʻrda Moʻyi Muborak xonaqohi joylashgan. Hovliga old va orqa tomonidagi peshtoq orqali kiriladi. Binoni bezashda asosiy eʼtibor bosh tarziga qaratilgan boʻlib, peshtoqning ikki yonida guldasta-minoralar qad koʻtargan. Ularning tepa qismi gumbazli mezanalar bilan yakunlangan. Darsxona, maktabxona, ikki qavatli hujralardan iborat. 1940-yillarda madrasa oldidagi hovuz, keyinchalik qurilgan hammom ham buzilgan. 1864-yilda restavratsiya paytida madrasaning ikkinchi qavati qurib bitkazilgan. Madrasa eshiklarini oʻratepalik Usta Hasanboy oʻyma naqsh bilan bezagan. Taʼmirlashda A. Solihov, X.Nishonov, O. Polvonovlar qatnashgan (1979-yil). Madrasada Abdulla Qodiriy oʻqigan. 1983-yildan Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyatining Toshkent boʻlimi joylashgan.
WikipediaToshkent· 451 m
Oybek haykali – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental sanʼat yodgorligi. Obyekt davri: 2015-yil. Toshkent shaharning…
Toshkent· 545 m
Magic citydagi qiziqarli muzey Kirish narxi 25ming so'm Magic cityda joylashgan
Toshkent· 703 m
Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi – Atoqli oʻzbek yozuvchi-shoiri, Oʻzbekiston xalq artisti Gʻafur Gʻulom tavalludining 70 yilligi munosabati bilan…