Toshkent· 320 m
Romanov saroyi, Knyaz Romanovning saroy va ov qoʻrgʻoni – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Roman-Vizantiya meʼmorligi uslublashtirilib,…
Государственный музей истории Узбекистана · State Museum of History of Uzbekistan
Toshkent, Toshkent shahri
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
WikipediaToshkent· 320 m
Romanov saroyi, Knyaz Romanovning saroy va ov qoʻrgʻoni – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Roman-Vizantiya meʼmorligi uslublashtirilib,…