Ko‘llar va sharsharalarRespublika qo‘g‘irchoq teatri
Республиканский кукольный театр · Republican puppet theater
Toshkent, Toshkent shahri
Rasm: Kagansky · CC BY-SA 4.0
Tavsif
Oʻzbekiston qoʻgʻirchoq teatri, Respublika qoʻgʻirchoq teatri — respublika maqomidagi yetakchi davlat qoʻgʻirchoq teatri. Rasman oʻz faoliyatini 1939-yil noyabr oyidan boshlagan. Ungacha Xalq qoʻgʻirchoqbozi Poʻlatjon Doniyorov rahbarligida kichik gruppa tashkil topgan. 1937-yil Poʻlatjon Doniyorov, Tillaxon Matyoqubov, Gʻafurjon Mirzarahimov va Mirzakarim Gʻafurov kabi qoʻqonlik qoʻgʻirchoqbozlar bilan hamkorlikda S. Abdullaning "Saltanat" pyesasini sahnalashtirib, Moskvada oʻtgan oʻzbek sanʼati dekadasida koʻrsatgan. Davlat qoʻgʻirchoq teatriga asos solgan P. Doniyorov, S.A. Urazova, Ye.G.Podgurskayalar oʻzbek xalq qoʻgʻirchoq teatri anʼanalari va rus qoʻgʻirchoq teatri tajribalariga suyanganlar. Jamoa oʻz ishini bolalar teatri sifatida boshlagan boʻlsada, Ikkinchi jahon urushi davrida katta yoshdagi tomoshabinlarga ham xizmat qilgan. Vatanparvarlik mavzuidagi konsert va parodiyalar qatorida "Davron" (A.Bobojonov), "Nasriddinning sarguzashtlari", "Ali kichkina" (Gʻayratiy), "Sirli oʻrmon" (Ye.Shvars), "Ur, toʻqmoq" (S.Preobrajenskiy) kabi xalq ommasining kuchqudrati, hayotbaxshlikni targʻib etuvchi spektakllar yaratildi. Teatr asta-sekin oʻzbek mualliflari bilan ishlashga ham eʼtibor kuchaytira bordi. 50-yillarda yaratilgan "Oʻrmonda" (Gʻayratiy), "Sehrli quticha", "Ziyod botir", "Toʻti va Qumri" (M.Muhamedov), "Oʻrmondagi hodisa" (S.Abduqahhor) kabi spektakllar shu hamkorlik samarasidir.
WikipediaXarita
O‘xshash joylar
Ko‘llar va sharsharalarHumo arena
PullikToshkent· 755 m
Humo arenada bayram archasi ochildi Kirish pullik: Kattalarga 30ming Kichkinalarga 15ming 25-dekabrdan 12-yanvargacha bayram davom etar…
Toshkent· 916 m
Navoiy teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri – Oʻzbekistonning opera va balet sanʼati sohasidagi asosiy teatri.…
Toshkent· 1.0 km
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri — Toshkentdagi eng keksa teatrlardan biri. 1934-yil 21-oktabrda "Intervensiya" (L.Slavin)…