QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Shodimulk Oqo maqbarasi

Мавзолей Шади-Мульк-Ака · Shodi Mulk Oko

Samarqand viloyati

Tavsif

Turkan ogʻo maqbarasi, Shodimulk ogʻo maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (1370—71)ga atab qurdirgan. 1383-yilda Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-yilda ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada XIV—XV-asrlardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Shodimulk Oqo maqbarasi · QAYERGA BORAMIZ?