QAYERGA
BORAMIZ?
Ko‘llar va sharsharalar

Surxondaryo

Surxondaryo viloyati

Tavsif

Surxondaryo — Surxondaryo viloyatidagi daryo, Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi. Qorovultepa qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boysun va Bobotogʻ tizmalari oraligʻidan janubi-gʻarb tomon oqib borib, Termiz sh. yonida Amudaryoga quyiladi. Uzunligi 175 km, havzasining maydoni 13500 km², togʻli qismi 8230 km². Surxondaryo havzasi shimolida Hisor togʻ tizmasi, gʻarb va janubi-gʻarbda Boysun togʻlari va sharqda Bobotogʻ bilan chegaralangan, janubida esa Amudaryo vodiysi bilan qoʻshilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor togʻ tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi oʻrtacha 120 m³/ sek., yillik suv hajmi 3,8 mlrd. m³, shuning 2,7 mlrd. m³ Hisor tizmasi yon bagʻirlarida hosil boʻladi. Surxondaryoning yirik irmoqlari — Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryo ham Hisor tizmasidan oqib tushadi. Surxondaryoga yirik irmoklardan yana Sangardakdaryo bilan Xoʻjaipok daryolari qoʻshiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilgʻalar ham bor. Ulardan eng yiriklari Vaxshivordaryo (24 km), Konikon (32 km), Oqqopchigʻay (61 km), Okjarsoy (51 km) va Boysun (82 km) soylaridir.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Surxondaryo · QAYERGA BORAMIZ?