Samarqand viloyati· 69 m
Registon maydoni yoki Registan – Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan tashkil topgan meʼmoriy majmua.
Медресе Тилля-Кари · Tillа Kоri Madrasah
Samarqand viloyati
Rasm: Bernard Gagnon · CC0
Tillakori madrasasi- Samarqanddagi tilla yalangoyoq madrasa yodgorlik. Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa, hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab „Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi“ deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun „tillakori“ deb yuritila boshlagan. Tilla Kori madrasasidan shahar jome masjvidi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa ga gʻarbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi ning poygumbazi baland, uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga yetkazilmagan. Xonaqoh toʻriga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. Oʻz davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yoʻlak)lar egallagan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.
WikipediaSamarqand viloyati· 69 m
Registon maydoni yoki Registan – Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan tashkil topgan meʼmoriy majmua.
Samarqand viloyati· 115 m
Ulugʻbek madrasasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. Registon maydonida bunyod etilgan ilk…
Samarqand viloyati· 122 m
Chorsu – Samarqand (Registon)yazxm chorrahada joylashgan usti berk bozor-tim. Tarixiy manbalarga ko'ra, Tuman ogʻo tomonidan qurilgan.…