QAYERGA
BORAMIZ?
Ko‘llar va sharsharalar

Tuyamoʻyin suv ombori

Туямуюнское водохранилище · Düýeboýun/Tuyamoʻyin Reservoir · Düýeboýun suw howdany / Tuyamoʻyin suv ombori

Xorazm viloyati

Rasm mavjud emas

Tavsif

Tuyamoʻyin suv ombori - Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigatsiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970-yildan boshlangan. 1978-yilda 1navbati va 1983-yilda toʻliq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m³. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv omborio. toʻgʻonlari suvni damlab, satxini kutarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki byeflardagi eng katga farq 18–24 m ga yetib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan tuddirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m³/sek boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv omborio. Tuyamoʻyin GʻESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omborio.ga har yili oqib keladigan 200 mln.t loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Tuyamoʻyin suv ombori · QAYERGA BORAMIZ?