QAYERGA
BORAMIZ?
Ko‘llar va sharsharalar

Ugom

Угам · Өгем - Ugom

Toshkent viloyati

Tavsif

Ugom — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shimolidan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharqdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 68,5 km, xavzasining maydoni 870 km². Ugom Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻoni (bʼyef)dan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 43 m³/sek.dan, 12 m³/sek.gacha. Toʻlinsuv davri martda boshlanadi, eng koʻp sutkalik suv sarfi aprel va iyunda boʻlib oʻtadi va 177 m³/sek.dan 54,5 m³/sek.gacha yetadi. Toʻlinsuv davri avgustda tugaydi. Daryo tez oqadi, oʻzanida ostonalar hosil qilgan. Oʻrta oqimi vodiysida keng terrasalar, daraxtzor, butazor va oʻtloqlar mavjud. Daryo vodiysida Chorvoq qishlogʻi, dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Ugom · QAYERGA BORAMIZ?