QAYERGA
BORAMIZ?
Tarixiy maskanlar

Xonobodtepa

Ханабадтепа · Khabadtepa

Toshkent, Toshkent shahri

Rasm mavjud emas

Tavsif

Xonobodtepa — shahar xarobasi. Toshkent shahri janubida Chirchiq daryosining oʻng sohilida, daryodan 0,5 km narida joylashgan. 1930–1960-yillarda M. Y. Masson, V. M. Masson, Y. F. Buryakov; 1971–1975-yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. X. yodgorligi kvadrat shaklda. Maydoni taxminan 30 ga. U keng xandaq bilan oʻralgan ark va shahristondan iborat. VI asrda istehkomsiz kichik qishloq shaklida qad koʻtargan. VII asr oʻrtalarida 4 burchagida minoralari bor mustahkamlangan qalin devor bilan oʻralgan shaharga aylangan. Shahar ichida muhtasham binolar, uy-joylar, maydon va bozor joylashgan. VIII asrning 1-yarmida vayronaga aylanib, IX–XII asrlarda hayot tiklangan. XIII-asr boshida moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan. Uzoq vaqt vayronalikdan soʻng, XV–XVI asrlarda shahar qayta tiklanib, mustahkam devori yangi ark bino qilingan. Shahar xarobasidan VIII asrning 1-yarmiga oid tangalar va Abbosiylarning mis fuluslaridan iborat xazina; shuningdek, qopqogʻida qush boshi va soqolli keksa kishi tasviridagi oʻymakor naqshli ostodonlar, buqa boshli sirlangan qadah, VI–XII asrlarga oid sirsiz va sirlangan sopol idishlar topilgan.

Wikipedia

Xarita

O‘xshash joylar

Xonobodtepa · QAYERGA BORAMIZ?